Hip Hop
August 10, 2020

📝 Radius 21 - Unutolmadim (feat. Ziyoda)

Qo’shiq matni / Song lyrics / Текст песни

📝 Radius 21 - Unutolmadim (feat. Ziyoda)

Ziyoda
Sendan judo bo’lsamda,
Kecholmadim, azizim.

Radius 21
Bugun ko’zlarimda nam,
Sevgim yolg’on emas hech.
Kechmagan bo’lsang mendan,
So’z ochma judolikdan.

Ziyoda
Bu ne siru-sinoat,
Kecholmadim, azizim.

Radius 21
Nimasini ham aytay,
Bu sevgi. Sir emas hech
Taqdirga tan bermasdan,
Tolmasman kurashishdan.

Ziyoda
Taqdir ekan, tan berdim,
Tole’yimga bitmading.

Radius 21
Ishonaman kun kelar,
Yulduzlar porlab ketar.
Shunda taqdirning o’zi
Sevgimizga tan berar.

Ziyoda
Yillar yuvdi ko’nglimni,
Sen yuvilib ketmading.

Radius 21
Mayli sening ko’nglingni
Yil emas, asr yuvsin.
Yurakdagi sevgimning
Qudrati yuvilmasin.

Radius 21, Ziyoda

Qondur, bemor yuragim chala yarimjondur,
Qalbim bog’lari sarg’aygan xazondur,
Negadur seni unutolmadim.
Bordur, hali-hali sendan umidim bordur,
Sensiz dunyo, go’zalim, juda tordur,
Negadur seni unotolmadim.
Qondur, bemor yuragim chala yarimjondur,
Qalbim bog’lari sarg’aygan xazondur,
Negadur seni unutolmadim.
Bordur, hali-hali sendan umidim bordur,
Sensiz dunyo, go’zalim, juda tordur,
Negadur seni unotolmadim.

Radius 21
Qalbim to’la mehr, chindan ham sevaman axir,
Olib ketadi xayolim mani sen tomon,
Sog’inaman yomon armonda, xazonda, gumonda.
Baxtli bo’laman deganimda endi,
Yarim bo’lagimni topganimda senda,
Hech qaylarga g’oyib bo’lasan hayotimdan.
Kimdan ko’raman sababini, kim biladi,
Nega taqdir bizning ustimizdan kuladi?
Uchrashtiradiyu ayiradi ketidan.
Azoblar keladi sevgining hididan.
Baxtsiz muhabbatim yosh boshimga balo,
Majnun dardiga nega bo’ldim mubtalo?
Layli, Laylimisan, Shirinmisan,
Bu dunyoda sensiz manga juda zerikarli.

Radius 21, Ziyoda

Qondur, bemor yuragim chala yarimjondur,
Qalbim bog’lari sarg’aygan xazondur,
Negadur seni unutolmadim.
Bordur, hali-hali sendan umidim bordur,
Sensiz dunyo, go’zalim, juda tordur,
Negadur seni unotolmadim.
Qondur, bemor yuragim chala yarimjondur,
Qalbim bog’lari sarg’aygan xazondur,
Negadur seni unutolmadim.
Bordur, hali-hali sendan umidim bordur,
Sensiz dunyo, go’zalim, juda tordur,
Negadur seni unotolmadim.

Radius 21
Sensiz yurak chaqnamas, urmas,
Tomirlarda qaynamas qonim.
Chunki sen-la vujudim-qalbim,
Qaynoq hayot, suyukli jonim.
Izlaganda birinchi bora
Hayot uchun o’zimga sirdosh,
Qayerdandir seni uchratdim
Va sen bo’lding qalbimga quyosh.
Shuning uchun sevaman seni,
Shuning uchun mehrimni qo’ydim.
Shuning uchun hayotga qaytdim
Faqat seni-seni tanladim…

Author: Shaxzod G’ulomov


📝 Radius 21 - Unutolmadim (feat. Ziyoda)


youtube.com/radius21
instagram.com/radius21group
fb.com/radius21group
t.me/radius21group
ok.ru/radius21
radius21.com


Aloqa 📮 ⓐRADIUS21_BOT
𝟸𝟶𝟸𝟶 © 𝚁𝚊𝚍𝚒𝚞𝚜 𝟸𝟷 𝙶𝚛𝚘𝚞𝚙 ℗ JSC «United Music Group»