Rap
August 10, 2020

📝 Radius 21 — Paydo bo’lding (feat. Ziyoda)

Qo’shiq matni / Song lyrics / Текст песни

📝 Radius 21 — Paydo bo’lding (feat Ziyoda)

Radius 21
Mani xayolim yolg’iz sen bilan ovora bora-bora,
Yuragimdagi his-tuyg’ularimni qilgim keladi senga oshkora.
Bir bora qaraganman-u ko’zim uzolmaganman ikkimizni bari
Yuragimdagi mehr-muhabbatim oshib-toshib boradi kuniga ikki karra.

Fizika qonunlaridan mani tuyg’ularim yuqori,
O’zicha seva oladi hattoki muttaham, bezori.
Men esa oddiy bolaman, baxtimni toptim el qatori bora,
G’aroyib kuchga to’laman, vujudim egalladi sevgining madori.
(Sevgining madori)

Ziyoda

Paydo bo’lding birdan hech qayerdan, ko’z o’ngimda,
Shaydo bo’ldim chindan, yuragimdan, sen ko’nglimda.
Paydo bo’lding birdan hech qayerdan, ko’z o’ngimda,
Shaydo bo’ldim chindan, yuragimdan, sen ko’nglimda.

Radius 21
Hali-beri tanishib ulgurmaganmiz, jonim hali,
Hayotim o’zgara boshladi mani, tinch-totuv hayotim qani?
Halovatim yo’qoldi, haroratim ilgarigidan yuqori,
Hijron azobi yoqimli, go’zalim, qora ko’zlaring xumori.

Vaslingga chora izlayman, ovora tun-u kun man bechora,
Sevaman deb aytolmaysan, lekin umid bilan kutaman yana qandaydir ishora.
Dunyoni ostun-ustun qilaman, Xitoyga borib kelaman piyoda,
Sevaman desang bas, muhabbating men uchun hamma narsadan ziyoda.

Ziyoda

Paydo bo’lding birdan hech qayerdan, ko’z o’ngimda,
Shaydo bo’ldim chindan, yuragimdan, sen ko’nglimda.
Paydo bo’lding birdan hech qayerdan, ko’z o’ngimda,
Shaydo bo’ldim chindan, yuragimdan, sen ko’nglimda.

Radius 21
Shirin tabassuming balki sevgidan nishon,
Seni baxtli qila olaman, gapimga ishon.
Shirin tabassuming balki sevgidan nishon,
Seni baxtli qila olaman, gapimga ishon.

Ziyoda
Balki men ham seni sevaman chindan ham,
Lekin senga aytolmayman, jonginam.
Shirin tabassumim balki sevgidan nishon,
Lekin buni senga aytmasman hech qachon!
Shirin tabassumim balki sevgidan nishon,
Lekin buni senga aytmasman hech qachon!

Paydo bo’lding birdan hech qayerdan, ko’z o’ngimda,
Shaydo bo’ldim chindan, yuragimdan, sen ko’nglimda.

Shaxzod G’ulomov


Radius 21 — Paydo bo’lding (feat Ziyoda)


youtube.com/radius21 instagram.com/radius21group fb.com/radius21group t.me/radius21group ok.ru/radius21 radius21.com



Aloqa 📮 RADIUS21_BOT

𝟸𝟶𝟸𝟶 © 𝚁𝚊𝚍𝚒𝚞𝚜 𝟸𝟷 𝙶𝚛𝚘𝚞𝚙 ℗ JSC «United Music Group»