Rap
October 28, 2018

Radius 21 - Ona (feat. J Sulton)

Qo'shiq matni / Song lyrics / Текст песни
ɪɴ ᴍᴇᴍᴏʀy ᴏf sʜᴀᴋʜᴢᴏᴅ ɢᴜʟᴏᴍᴏᴠ - ᴛʜᴇ ᴋɪɴɢ ᴏf ᴜᴢʙᴇᴋ ʀᴀᴩ

Ona, sog'indim yana,
Yana sog'indim, ona.
Ona, sog'indim yomon,
Sizni o'ylayman hamon.

[J Sulton]
Onajonim, eslayman man sizni har tong,
Suratingizga qarasam, dardim namoyon.
Kulib turgan chehrangizni ko'rsaydim bir bor,
Unitardim dunyo g'amin ayni shu g'ubor.

Sizni quyosh ko'rganida qidirar pana,
Nur chehrangiz yorishganda hatto oy xafa.
Qani endi ko'rganimda yana bir bor ko'zlariz,
Bu yerlarda sog'inaman sizni shirin so'zlariz.

[Radius 21]
Bolam, deb erkalab qo'yolmaysiz, nachora,
Qo'llaringizni silab, yig'lab olsam man zora.
O'tdi mani yosh boshim endi qandoq kunlardan,
Sotdi soxta do'stlarim, chaldi orqa tomondan.

Eslayman so'zlaringiz, yosh bo'lganimda
Gapingizga quloq solmay, daydiganda ko'chada,
Oqibatda kim bo'ldim, o'zim uchun kech bildim,
Hayot endi ko'rsatadi asta-sekin borini.

Qo'limda qalam, alamda yozilgan bu xat,
Uni o'qib yig'lamang, yuragingiz g'ashlamang.
Bo'ladi yaqinda mani muddatim ozod,
Bag'ringizda bo'laman hali mana man uzoq.

Ona, sog'indim yana,
Yana sog'indim, ona.
Ona, sog'indim yomon,
Sizni o'ylayman hamon.

(Onajonim, sog'inaman man sizni har tong, Suratingizga qarasam, dardim namoyon. Qani, ona, ko'rsaydim yana bir bor ko'zlariz, Bu yerlarda qo'msayman hamma shirin so'zlariz.)
[J Sulton]
Onajonim, eslayman man sizni hamon,
Sizning duo qilishingiz man uchun darmon.
Bu yerda bilib oldim – egri tanlagan yo'lim,
Sizni o'ylab siqilaman, og'riydi mani dilim.

Qani, ona, ko'rsaydim quvonch to'la ko'zlariz,
Qani butkul yo'qolganda ko'zingizdagi yoshlariz.
Vaqtida chiqolmadim qing'ir-qiyshiq yo'llardan,
Mana endi qolib ketdim oxiri yo'q cho'llarda.

[Radius 21]
Afsus chekmoqdaman, ona, suratizga qo'yib bosh,
Yana biroz chidang, ona, bu yog'iga qoldi oz.
Onajonim, tushlarimda ko'zingiz yoshlab turasiz,
Bolam qachon kelarkan, deb yo'lim poylab kutasiz.

Tishimni tishimga qo'yib, sizni eslayman ona,
Gapingizga quloq solmay, daydiganda ko'chada.
Hozir endi kim bo'ldim, buni juda kech bildim,
Hayot endi ko'rsatadi asta-sekin borini.

Qo'limda qalam, alamda yozilgan bu xat,
Uni o'qib yig'lamang, yuragingiz g'ashlamang.
Bo'ladi yaqinda mani muddatim ozod,
Bag'ringizda bo'laman hali mana man uzoq.

(Onajonim, sog'inaman man sizni har tong, Suratingizga qarasam, dardim namoyon. Qani, ona, ko'rsaydim yana bir bor ko'zlariz, Bu yerlarda qo'msayman hamma shirin so'zlariz.


Ona, sog'indim yana,
Yana sog'indim, ona.
Ona, sog'indim yomon,
Sizni o'ylayman hamon. (x2)

ɪɴ ᴍᴇᴍᴏʀy ᴏf sʜᴀᴋʜᴢᴏᴅ ɢᴜʟᴏᴍᴏᴠ - ᴛʜᴇ ᴋɪɴɢ ᴏf ᴜᴢʙᴇᴋ ʀᴀᴩ


youtube.com/radius21 instagram.com/radius21group fb.com/radius21group t.me/radius21group ok.ru/radius21 radius21.com



💭 Mavzu bormi? 🖋 RADIUS21_BOT

𝟸𝟶𝟸𝟶 © 𝚁𝚊𝚍𝚒𝚞𝚜 𝟸𝟷 𝙶𝚛𝚘𝚞𝚙
𝚙𝚛𝚘𝚍𝚞𝚌𝚎𝚛@𝚛𝚊𝚍𝚒𝚞𝚜𝟸𝟷.𝚌𝚘𝚖