Hip Hop
October 28, 2018

📝 Radius 21 - Noraso (feat. B-hud)

Qo'shiq matni / Song lyrics / Текст песни
Radius 21 - Noraso (feat. B-hud)

Radius 21
O’rgimchak to’ri -
Bu degani qoradori.
Zo’r ekan uning xumori,
Ko’rinmaydi ona zori!
Bari yigitlarning zo’ri
Qoradori xaridori.
Kechagina mard bola
Bugun shunchaki bezori.
Manman degan edi “zo’rman”
“Bugun endi kimman?”
Degan savol ko’ndalang.
Ahvolini qarang:
Ko’zidagi nur qani?
To’kilib boradi bola,
Yonidagi pul qani?

Radius 21, B-hud

Bu baxt emas, bu qora hayot.
Bu baxt emas, qayt, keragi yo’q!
Bu baxt emas, bu qora hayot.
Bu baxt emas, qayt, keragi yo’q!

B-hud
Oq-qora rang
Hayotni qarang!
Arang nafas oladi,
Unga kim havas qiladi?
Hamma umid so’ndi.
So’ndi oxirgi tilak
Ila kuchsiz bilak,
Chirigan yurak
Chalajon bechora!
Nafrat yog’iladi birma - bir,
Unutilib ketadi kechigi kun.
Bosadi qora tun.
Azobi cheksiz, tengsiz g’aflatda,
Noraso albatta.
(Keragi yo’q)

Radius 21, B-hud

Bu baxt emas, bu qora hayot.
Bu baxt emas, qayt, keragi yo’q.
Bu baxt emas, bu qora hayot.
Bu baxt emas, ketmagin past.

B-hud
O’rgimchak to’ri,
Bu degani qoradori.
Zo’r ekan uning xumori.
Ko’rinmaydi ona zori!
Bari yigitlarning zo’ri
Qoradori xaridori.
Hayotining bori-yo’g’i kayf-safo,
O’zicha bilmay ilinadi
Tanasi ila, barisi balo, mubtalo.
Adoyu tamom qorayib ketadi olam.
Bema’ni, behayo.
Batamom bo’ladi tamom.
Bora bora bu bola
Arosat orasida noraso.

Radius 21, B-hud

Bu baxt emas, bu qora xayot.
Bu baxt emas, qayt, keragi yo’q!
Bu baxt emas, bu qora xayot.
Bu baxt emas, qayt, keragi yo’q!

Writers:
Shakhzod Gulomov
Bakhodir Usmanov
Kadirov Komoliddin

Radius 21 - Noraso (feat. B-hud)

youtube.com/radius21 instagram.com/radius21group fb.com/radius21group t.me/radius21group ok.ru/radius21 radius21.com



Aloqa 📮 RADIUS21_BOT

𝟸𝟶𝟸𝟶 © 𝚁𝚊𝚍𝚒𝚞𝚜 𝟸𝟷 𝙶𝚛𝚘𝚞𝚙 ℗ JSC «United Music Group»