Hip Hop
October 28, 2018

Radius 21 - Monolog Shekspir

Qo'shiq matni / Song lyrics / Текст песни
ɪɴ ᴍᴇᴍᴏʀy ᴏf sʜᴀᴋʜᴢᴏᴅ ɢᴜʟᴏᴍᴏᴠ - ᴛʜᴇ ᴋɪɴɢ ᴏf ᴜᴢʙᴇᴋ ʀᴀᴩ


Ishonaman, aytganlaring samimiy  Lekin birdek tutolmaymiz mayli rag'batni  Ehtirosning mahsulidir ahd ila paymon  Ammo o'sha olov bir kun so'nar begumon  Butoqdagi meva rosa pishgandan keyin  Bir kun yerga shart uzilib tushmog'i tayin  Yashash uchun qasamlarni unutish lozim  Qasamlarki shosha pisha ichamiz doim  Yolg'iz bitta rag'bat uchun yashamaymiz bas  Almashinib turar bizda ishtiyoq, havas  Alvon-alvon suratida sevinch va qayg'u  Bir-birini suvoradi, suradi yog'u Sevinch degan ko'rinadi qayg'uga qarab  Qayg'uni ham sevinch bilan ishi yo'q sira  Hamma narsa muvoqiddir, foniydur hayhot  Qaydan ketsa muhabbatning umriga sabot  Kim kimniki, buni hali yechmoq kerakdir  Taqdirni ishq yuritarmi yo ishqni taqdir  Yiqilganda do'stlaring ham yuzin o'girar  Yuksalganda dushmanlaring do'st bo'lib turar  Xo'sh, nimadir ataymi yo tasodifmi bu  Kimki do'stdan bezor bo'lsa, uning do'sti mo'l  Do'stga muhtoj bo'lib do'stni o'ylagan odam  Oxir dushman qilib qo'yar yolg'iz do'stni ham  Boshlagandim, o'sha gapga qaytaman yana  Dunyo degan tuganmas bir tasodif xona  Kerak paytda bizning izmu-ixtiyorda bas  Orzu qilar, istak qilar mahsuli qolmas  Siz ikkinchi er qilishdan etsangiz xazar  To birinchi bevalikka yetgunga qadar  Taqdir shartlariga berolmay bardosh  Tashlab ketdi mana yosh bir qalam-qosh  Bir deganda ketdi ham do'st ham sirdosh  O'ylab ko'r, sababi nima? Hm maosh 

Masofa cheksiz, azizim mensiz  Qaylarda qoldi endi bizni ahdu-paymon  Azizim mensiz, masofa cheksiz  Umr bo'yi bo'lamiz pushaymon  Poyimda dengiz, men esa sensiz  Nega xayollarim narigi sohil tomon  Poyimda dengiz, sohilda yolg'iz  Masofa bepayon, masofa bepayon

ɪɴ ᴍᴇᴍᴏʀy ᴏf sʜᴀᴋʜᴢᴏᴅ ɢᴜʟᴏᴍᴏᴠ - ᴛʜᴇ ᴋɪɴɢ ᴏf ᴜᴢʙᴇᴋ ʀᴀᴩ

youtube.com/radius21 instagram.com/radius21group fb.com/radius21group t.me/radius21group ok.ru/radius21 radius21.com



💭 Mavzu bormi? 🖋 RADIUS21_BOT

𝟸𝟶𝟸𝟶 © 𝚁𝚊𝚍𝚒𝚞𝚜 𝟸𝟷 𝙶𝚛𝚘𝚞𝚙 ℗ JSC «United Music Group»
𝚙𝚛𝚘𝚍𝚞𝚌𝚎𝚛@𝚛𝚊𝚍𝚒𝚞𝚜𝟸𝟷.𝚌𝚘𝚖